O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi
PQ–91-sonli “O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish
agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Texnik jihatdan tartibga solish
agentligi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan
hamkorlikda “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi ishlab
chiqildi.
Mazkur tizim texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
jarayonlarni to‘liq raqamlashtirishga, shuningdek,
standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya
yo‘nalishlarida axborot almashinuvini optimallashtirishga xizmat
qiladi.
Standart loyihalari muhokamasi portali (project.tris.uz) esa ushbu
milliy axborot tizimining quyi modullaridan biri bo‘lib,
standartlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish va
takliflarni onlayn tarzda yig‘ish imkonini beradi.